G‘azoda bir kunda 18 kishi ochlikdan vafot etdi
G‘azo sektorida so‘nggi 24 soat ichida kamida 18 kishi ochlikdan halok bo‘ldi, deb xabar tarqatdi “RIA Novosti” nashri.
Ma’lumotlarga ko‘ra, G‘azo sektorida davom etayotgan qamal sharoitida to‘yib ovqatlanmaslikdan o‘lganlarning umumiy soni 86 kishiga yetgan, ulardan 76 nafari bolalar.

– Bu jimjitlik davridagi qotillik, G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi buning uchun Isroilni va xalqaro hamjamiyatni ayblaydi. Biz oziq-ovqat va dori-darmonlarni olib kirish uchun nazorat punktlarini zudlik bilan ochishni talab qilamiz, - deyiladi vazirlik xabarnomasida.
Yakshanba kuni ertalab G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi hududda to‘yib ovqatlanmaslik va tibbiy yordam olishning iloji yo‘qligi sababli o‘lim sonining keskin o‘sishi haqida ogohlantirdi.
S.Rahimov, O‘zA