G‘azoda 430 dan ziyod odam halok bo‘ldi
Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 436 kishiga yetdi. Ular orasida 91 bola, 61 nafar ayol bor.
G‘azo mas’ullari bayonotida Isroil G‘azoga hujum boshlagandan buyon 2271 kishi yaralangani ma’lum qilingan. Bundan tashqari, bosib olingan G‘arbiy Sohildagi Quddusda 7 oktyabrdan beri Isroil o‘qidan 15 nafar falastinlik halok bo‘lgan.
Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Quddusda, shuningdek, Al-Xalil, Ramalloh, Eriha, Nablus va Qolqiyoh shaharlarida ham o‘lim holati qayd etilgan.