Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘azo yana bombardimon qilinmoqda: sulh xavf ostida
14:08 / 2025-10-29

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu harbiylarga G‘azo tomon “zudlik bilan kuchli zarbalar yo‘llash” bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Bu qaror AQSH vositachiligidagi nozik sulhni jiddiy sinovga qo‘yadi.

Guvohlar aytishicha, harbiy samolyotlar sektorga hujum qilgan, tankdan otilgan o‘q va portlash ovozi boshqa hududlarga ham yetib borgan. Ushbu qaror HAMAS Isroil kuchlariga qarata o‘t ochgani va urush boshlangan payt asir olinganlardan birining jasadi qaytarilishi ortidan qabul qilingan. Isroil "bu holat sulhning ochiq buzilishi” dedi.

– HAMAS barcha asirlar jasadini imkon qadar tez qaytarishi kerak edi, — dedi Netanyaxu. — Ularning harakati sulh shartiga zid.

Ta’kidlanishicha, Rafoh shahrida isroillik askarlar o‘qqa tutilgan, keyin javob zarbasi yo‘llangan. 13 nafar garovdagi shaxsning jasadi hamon G‘azoda qolmoqda. HAMAS kecha ulardan birining jasadi topilganini ma’lum qildi. Faqat Isroil hujum e’lon qilishi tufayli marhum topshirilishi kechikkan. HAMAS vayronaga to‘la G‘azoda jasadlarni topish qiyinligini aytmoqda, Isroil esa guruhni shart bajarilishini atay kechiktirishda ayblayapti.

Dam olish kunlari G‘azoga yuborilgan Misr mutaxassislari va og‘ir texnika vositalari qolgan jasadlarni izlay boshladi. Ayni amaliyot Xon Yunis va Nusayratda davom etyapti.

10 oktyabrda sulh amal qila boshlagandan buyon ikkinchi marta HAMAS topshirayotgan marhum asirlar bilan bog‘liq muammo yuzaga keldi. Birinchi hafta Isroilga qaytarilgan jasadlardan biri aslida falastinlik ayolga tegishli ekani aniqlangandi.

Mutaxassislar fikricha, bu hodisalar sulh jarayoni nozikligidan darak berib, tomonlar o‘rtasida ishonch yo‘qligini yana bir bor ko‘rsatmoqda.

Musulmon Ziyo, O‘zA