G‘azo uchun “Tinchlik kengashi” nizomi Davosda imzolanadi
G‘azo sektori uchun “Tinchlik kengashi” nizomini imzolash marosimi 22 yanvar kuni Jahon iqtisodiy forumi doirasida bo‘lib o‘tadi. “Axios” nashri AQSH Prezidenti Donald Tramp tomonidan imzolash tadbiriga taklif qilingan davlat va hukumat rahbarlari ro‘yxatini e’lon qildi. Tramp bugun Davosga yetib keladi.
Tadbir Amerika rahbari jadvaliga muvofiq, yopiq eshiklar ortida o‘tadi.
S.Rahimov, O‘zA