Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘azo: So‘nggi 24 soatda 90 ga yaqin inson halok bo‘ldi
10:35 / 2025-06-30

O‘t ochishni to‘xtatish sari harakat kuchayib borayotgan bir payt Isroil G‘azo shimolini “bo‘shatish”ga qaror qilgan, deb yozmoqda BBC.

Ma’lum bo‘lishicha, bir necha hududda harbiy amaliyot kuchaytirilib, janub – Al-Mavosiy qirg‘og‘i tomon harakatlanish rejalashtirgan. “Xavfsiz hudud” sifatida belgilangan joyga uyushtirilgan zarbada nobud bo‘lganlar orasida uch nafar bola ham borligi aytilmoqda.

Kecha tushdan oldingi hisobotga ko‘ra, oxirgi sutkada 86 kishi halok bo‘lgani xabar qilindi.

Shanba kuni Tramp Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va XAMAS o‘rtasida kelishuv bo‘yicha muzokara olib borilayotganini ta’kidlagan.

Musulmon Ziyo, O‘zA