Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘azo: O‘lim ortidan o‘lim…
19:24 / 2025-12-15

Isroil armiyasining G‘azo hududi yaqinida amalga oshirgan havo hujumi oqibatida HAMASning harbiy bo‘linmasi qo‘mondoni Raid Saad halok bo‘ldi, deb yozmoqda “Euronews” nashri.

Ta’kidlanishicha, zarba natijasida kamida to‘rt kishi halok bo‘lgan, 25 kishi jiddiy jarohatlangan. Guruh ushbu hujumni sulh bitimining qo‘pol buzilishi deb atab, Isroil kelishuvga amal qilmayotganini ma’lum qildi va vositachilar, xususan AQSHni vaziyatga aralashishga chaqirdi

Palestinians drive past a destroyed car following an Israeli strike in Gaza City, Saturday, Dec. 13, 2025.

Isroil tomoni esa Raid Saadni 2023 yil 7 oktyabr hujumining asosiy tashkilotchilaridan biri sifatida ayblab, u sulh sharoitida harbiy salohiyatni qayta tiklash bilan shug‘ullanganini bildirdi.

Tomonlar bir-birini ayblashda davom etar ekan, G‘azodagi gumanitar vaziyat tobora og‘irlashmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bitim davrida Isroil hujumlari oqibatida yuzlab falastinliklar halok bo‘lgan. Gumanitar tashkilotlar yordam yetarli emasligini, ayniqsa, boshpana va tibbiy vositalar tanqisligini ta’kidlamoqda. 

A Palestinian youth walks through a flooded area in a temporary tent camp after heavy rainfall in Deir al-Balah, central Gaza Strip, Friday, Dec. 12, 2025.

Kuchli yomg‘irlarva sovuq ob-havo vaqtinchalik lagerlarda yashayotgan minglab odamlar ahvolini yanada taranglashtirgan. BMT va xalqaro tashkilotlar G‘azoga to‘siqsiz gumanitar yordam kiritilishini talab qilmoqda, biroq tomonlar o‘rtasidagi keskinlik sulh kelajagini ham, hududdagi tinch aholi xavfsizligini ham jiddiy xavf ostida qoldirmoqda.

Musulmon Ziyo, O‘zA