Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘azo inqirozi: Isroil Rafohni bosib olishdan oldin vayron qilyapti
23:08 / 2024-02-12

Isroil - Falastin

G‘azolik kishi Isroil qo‘shinlari kecha tunda Rafohga zarba berganda his qilgan qo‘rquvni tasvirlab berdi.

Olti farzandning otasi Emad aytishicha, bu o‘tgan oy Rafohga kelgandan beri “eng yomon kecha” bo‘lgan.

– O‘lim juda yaqin edi, chunki snaryad va raketa chodirimizdan atigi 200 metr joyga kelib tushdi, – dedi u. – Gavjum shaharda ko‘pchilik amaliyotni kutilmagan quruqlik hujumi deb o‘yladi.

Emad xalqaro hamjamiyatni Isroilning G‘azodagi harakatiga nisbatan chora ko‘rishga chaqirdi.

– Butun dunyo Isroilning Rafohga bostirib kirishini qoraladi. Dahshatli tomoni shuki, shaharni bosib olishdan oldin vayron qilishmoqda, kulini ko‘kka sovurishmoqda, – o‘ksinadi u.

Xusiylar AQSH kemasiga hujum uyushtirgan

Yaman xusiylari Qizil dengizda AQSH bayrog‘i ostidagi kemaga hujum qilganini da’vo qilmoqda. Bu haqda “Sky News” xabar berdi.

Harbiy brigada voizi Yahyo Sari bayonotida keltirilishicha, “Star Iris” bir necha dengiz raketasi bilan nishonga olingan.

– Zarbalar aniq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltirilgan, – dedi u.

Avvalroq Birlashgan Qirollik dengiz savdosi operatsiyalari agentligi Yamanning Al-Muxa shahridan 74 kilometr janubda joylashgan kemaga raketa bilan hujum qilingani haqida xabar bergan edi.

Niderlandiya hukumati

Isroilga qiruvchi samolyot qismlari eksportini to‘xtatadi

Niderlandiya apellyatsiya sudi mamlakat hukumatiga F-35 qiruvchi samolyotlari qismlarini Isroilga eksport qilishni yetti kun ichida to‘xtatish to‘g‘risida qaror chiqardi.

– Eksport qilingan F-35 qismlari xalqaro gumanitar huquq jiddiy buzilishida qo‘llanilishi aniq xavfi mavjudligini inkor etib bo‘lmaydi, – deyiladi sud hujjatida.

Inson huquqi tashkilotlari ta’minot yo‘li Niderlandiyani urush jinoyatiga sherik qilishi mumkinligi haqida da’vo qo‘zg‘atgan.

Falastin ma’muriyati rahbari Qatarga keldi

H e president palestine mahmoud abbas arrives work visit

Yakshanba kuni Falastin ma’muriyati rahbari Mahmud Abbos Isroil va XAMAS o‘rtasidagi muzokarada asosiy vositachi bo‘lgan Qatar poytaxti Doxaga keldi.

Falastin rasmiy axborot agentligi – WAFA xabariga ko‘ra, Abbos dushanba kuni Isroilning “tajovuzkorligini” to‘xtatish bo‘yicha davom etayotgan muhokama doirasida Amir shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashuv o‘tkazgan.

Falastin ma’muriyati G‘arbiy sohilda cheklangan o‘zini o‘zi boshqarishga ega hukumat organidir.

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Abbosga oxirgi safari chog‘ida urush tugashini kutmasdan, urushdan keyingi kunga tayyorgarlik ko‘rishni tavsiya qilgan, Falastin hukumatini tashkil etish va qayta qurish rejasini ishlab chiqishni maslahat bergandi.

Axborot manbalari bildirishicha, Abbos Blinkenga yangi hukumatni shakllantirish uchun olib borilayotgan tayyorgarlik, qayta qurish, ma’muriy, huquqiy va moliyaviy tizimlarni isloh qilish rejalarini ma’lum qilgan.

Vashingtondan hukumatda o‘zgarish boshlanishidan oldin Isroil Tel-Avivdagi Falastin mablag‘lari ozod qilinishi kafolatini so‘radi.

Qizil yarim oy jamiyati

Rafohda 60 dan ziyod odam halok bo‘lganini aytdi

Falastin Qizil Yarim oy jamiyati dushanba kuni tongda Isroilning G‘azo janubidagi Rafoh shahriga uyushtirgan havo hujumida 60 dan ortiq odam halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Boshpana izlayotgan G‘azo aholisining yarmidan ko‘pi jangovar samolyotlar hujumi ostida “keskin nishon”ga olingan. Manbalarga ko‘ra, vertolyotlar ham chegara hududlari bo‘ylab o‘q uzgan.

Ma’lumot o‘rnida: Rafoh G‘azoning Misr bilan chegarasi yaqinida joylashgan hudud. Isroil mudofaa kuchlari dushanba kuni Rafohning Shabura hududidagi nishonlarga qator zarbalar berganini tasdiqladi.

Rafoh mahalliy ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, Shabura shahridagi ayrim masjidlar Isroil havo hujumi natijasida vayron bo‘lgan.

XAMAS tomonidan boshqariladigan “Al-Aqso” telekanali dushanba kuni Rafohning turli hududlarida ikki masjid hamda 14 uy nishonga olinganini xabar qildi.

Abu Yusuf Al-Najjor kasalxonasi direktori aytishicha, Rafohdagi tibbiyot muassasalari Isroil ishg‘oli tufayli jarohatga malham bera olmayapti.

O‘tkir Mirzo tayyorladi.

O‘zA