Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘azo hamon notinch
10:03 / 2025-06-05

– Jahon yetakchilari Falastinni saqlab qolishi shart, – dedi Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi (XQXQ) prezidenti Miryana Spolyarich.

Jenevadagi qarorgohida BBC muxbiriga intervyu berarkan, tashkilot rahbari  G‘azodagi urush dahshati haqida shunday dedi:

– Insoniyat inqiroz tomon bormoqda. Ahvol juda yomonlashdi. Xunrezlikni ortiq kuzata olmaymiz. Isroilning harakati har qanday maqbul, qonuniy, axloqiy va insoniy me’yordan oshib ketdi. Vayronagarchilik va azob-uqubat hadsiz. Insoniy qadr-qimmatdan butunlay mahrum bo‘lgan xalqni ko‘rish vijdonimizni larzaga keltirmoqda.

Mulozim qo‘shimcha qilishicha, davlatlar urushni tugatish, falastinliklar azob-uqubatiga barham berish va isroillik garovga olinganlarni ozod qilish uchun ko‘proq harakat qilishi kerak.

Musulmon Ziyo, O‘zA