Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘azo bolalari maktabga qaytmoqda
14:53 / 2025-11-03

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Qochqinlar bo‘yicha agentligi (UNRWA) sulh boshlangandan so‘ng G‘azo sektoridagi ba’zi maktablar qayta ochilayotgani, bolalar asta-sekin sinfga qaytayotganini e’lon qildi.

UNRWA rahbari Filipp Latssarini ijtimoiy tarmoq orqali 25 000 dan ko‘p o‘quvchi agentlikning "vaqtincha o‘quv manezili"ga qo‘shilgani, taxminan 300 000 kishi onlayn o‘qishini bildirdi.

G‘azoning markaziy qismidagi g‘arbiy Nusayratda, Al-Hassayna maktabida xonalar yetishmasligiga qaramay, dars qayta boshlangan.

– Men hozir oltinchi sinfdaman, – deydi maktabga qaytishni intiqlik bilan kutayotgan 11 yoshli Varda Radvan. Afsuski, ko‘chish va urush tufayli ikki yilni yo‘qotdim.

Ma’lumki, Isroil va HAMAS ziddiyati bois mintaqadagi juda ko‘p maktab, xuddi UNRWA muassasalari singari, yashash joyini tashlab chiqqan yuzlab oilalar uchun boshpanaga aylangan edi.

endi esa, mashg‘ulot tiklangach, taxminan 50 nafar qiz bir xonaga sig‘ib, stol va stulsiz yerga o‘tirib, o‘qituvchining savollariga ishtiyoq bilan javob berishyapti. Ular ikki yillik tanaffusdan keyin o‘qishga qaytganidan xursand, berilib saboq olishmoqda.

M.Pirmatova, O‘zA