Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqladi
18:31 / 2025-12-15

“O‘zenergoinspeksiya”ning Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda gaz ta’minoti korxonalari hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda.

Xususan, Buxoro shahrida joylashgan “B.L.T.” MCHJga qarashli bitum eritish sexi tabiiy gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri noqonuniy ulanib, jami 573,9 million so‘mlik tabiiy gazdan foydalangani aniqlandi.

Shuningdek, Buxoro shahrida faoliyat yuritayotgan “O'.M.M.I.” nodavlat muassasasida ham shunga o‘xshash qoidabuzarlik holati qayd etildi. Mazkur holat natijasida gaz ta’minoti korxonasiga 269,8 million so‘mlik moddiy zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirilib, qonuniy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.