Gazdan noqonuniy foydalangan
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tuman bo‘limi tomonidan Ichki ishlar bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanish holati fosh etildi.
“Q-Q.” Fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari xo‘jalikning noturar binosida gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 144,9 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakati o‘tkazilmoqda.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri