Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gazdan noqonuniy foydalangan fuqarolar aniqlandi
11:15 / 2026-01-14

Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olish maqsadida joylarda reyd tadbirlari davom etmoqda. Navbatdagi jarayonlar Buxoro viloyatining Vobkent va Shofirkon tumanlarida o‘tkazilib, aniqlangan barcha holatlar yuzasidan dalolatnomalar rasmiylashtirildi.

Jumladan, Vobkent tumani “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro Q.N. hisoblagichdan tashqari rezina shlang orqali tarmoqqa ulanib, 60 million 457 ming so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.

Shofirkon tumani “Kalon” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqaro Q.S. xonadonida ham xuddi shunday qoidabuzarlik qayd etilgan. Holat bo‘yicha 45 million 510 ming so‘m zarar qayta hisob-kitob qilindi.

Ushbu tumanning “Xo‘ja Orif” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro M.B. ham gaz hisoblash uskunasidan tashqari vizual aniqlab bo‘lmaydigan yo‘llar bilan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib, 70 million 497 ming so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.

Yuqoridagi holatlar bo‘yicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.