Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Gaz”chilar sport maydonida
16:45 / 2025-12-19

Namangan shahrida Prezidentimizning 2024 yil 4 dekabrdagi “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali tashabbusi bilan filial hamda uning shahar va tuman bo‘limlari ishchi-xodimlari o‘rtasida sportning shaxmat, stol tennisi turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan turnirda, “aql jangi”da “Chust tumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimi Ilhom Arslonov, “Chortoq tumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimi Adham Akbarov, “Namangan tumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimi Zuhriddin Salimov g‘olib bo‘ldi. 

Stol tennisi bellashuvida mohirligi va chaqqonligi bilan ajralib turgan “Kosonsoy tumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimi Nuriddinxon Karimov, “Chortoq tumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimi Ilyosjon Umurzoqov hamda “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali xodimi Baxtiyor Otaboyev yuqori o‘rinlarga sazovor bo‘lishdi. 

Tantanali taqdirlash marosimida har bir o‘rin sohiblari munosib ravishda rag‘batlantirildi. Ta’kidlash joiz, filial ma’muriyati hamda boshlang‘ich kasaba uyushmasi hamkorligida tashkillangan xayriya tadbirida kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari jamlanib, tizim tashkilotlaridagi 14 nafar nogironligi bo‘lgan va bemor ishchi-xodim holidan xabar olindi. 

– Bunday tashabbuslar nafaqat xodimlar o‘rtasida birdamlikni mustahkamlaydi, balki jamiyatda inson qadrini ulug‘lash, mehr-oqibatni ulashish kabi ezgu tushunchalarni yanada yuksaltiradi. Zero, insonni inson qiladigan eng yuksak fazilat bu mehr-muruvvatdir, – deydi “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisi Abdulbosit Sobirov. 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.