Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘azalxon yoshlar kechasi
11:42 / 2022-02-14

FOTOREPORTAJ

Qarshi davlat universitetining filologiya fakultetida g‘azalxonlik kechasi o‘tkazildi. 

Filologiya fanlari doktori Nafas Shodmonov tomonidan viloyatdagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida kitobxonlik, mushoira va g‘azalxonlik darajasini oshirishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan “Yosh navoiyxon” an’anaviy tanlovining bu yilgi bosqichida nafaqat ishtirokchilar soni ortdi balki, o‘quvchilarning yodlagan g‘azallari soni ham ko‘payganini ta’kidlash joiz. Tanlov shartlariga ko‘ra, 100 ta g‘azal yodlagan o‘quvchigina birinchilikni qo‘lga kiritadi. Biroq, bu galgi tanlov ishtirokchilarning yodlagan g‘azallari soni 200 ga yaqinlashgani tanlov hay’atini ham lol qoldirdi. 

Yakunda Qarshi tumanidagi 43-umumiy o‘rta maktabining 8-sinf o‘quvchisi Dilbar Ahmadova yodlagan 200 ga yaqin g‘azali bilan tanlov g‘olibiga aylandi.bugungi g‘azalxonlik kechasida ushbu tanlov g‘oliblari taqdirlandi. Ularga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining kitoblar jamlanmasi hamda tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari tuhfa etildi.Tadbirda yoshlar tomonidan buyuk bobokalonlarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallaridan namunalar o‘qildi. Asarlari asosida sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

[gallery-5746]


Jamshid NORQOBILOV (surat), O‘zA