Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘azalkentda “mushtlashuv” boshlandi
11:11 / 2020-11-18

G‘azalkent shahrida joylashgan harbiy qismda Mudofaa vazirligi qo‘shinlari o‘rtasida boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga start berildi.

Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Boks – inglizcha mushtlashish, zarb degan ma’nolarni anglatadi.

Musobaqaning ochilish marosimida vazirlik mas’ul ofitseri podpolkovnik Aziz Haydarov qatnashchilarga omad tilab, bellashuvlar sog‘lom raqobat va shaffof o‘tishiga ishonch bildirdi. Bo‘stonliq tumani yosh karatechilari va xushovoz xonandalarning chiqishlari harbiy qismda start olgan boks musobaqasiga o‘ziga xos ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

To‘rt kun davom etadigan musobaqada 130 nafarga yaqin charm qo‘lqop ustasi oltita vazn toifasida yakkalik va jamoaviy birinchilik uchun kurash olib boradi. Chempionatda Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining 14 jamoasi ishtirok etmoqda.

Kecha chempionat qatnashchilari o‘z vazn toifalarida saralash bahslarini o‘tkazishdi. 20 noyabr kuni final uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi va uning natijalariga ko‘ra chempionat g‘olib hamda sovrindorlari nomi aniqlanadi.