French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gaz va elektr energiyasi haqini to‘lashdan bo‘yin tovlamoqchi bo‘lganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
00:07 / 2020-12-23

Ayozli kunlarda aholining gaz va elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji ortgan. Shu bois ulardan oqilona foydalanish zarur. Gaz va elektr energiyasi yetishmayotgani oqibatida muammolar paydo bo‘layotgani ham sir emas.

Ayrim hollarda shu kabi resurslardan o‘g‘rincha foydalanish, haqini qasddan to‘lamaslik kabi holatlar uchrab turibdi. 

Navoiy shahrida gaz hisoblagich ko‘rsatkichlarini o‘zgartirgan xususiy korxona rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

“N” xususiy korxonasi rahbarlari ohak ishlab chiqarish sexida o‘rnatilgan gaz hisoblagich ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida unga tashqaridan aralashgan. Natijada gaz ta’minoti korxonasi manfaatlariga 437 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgan. 

Ushbu holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan. 

Farg‘ona tumani Elektr tarmoqlari hudud inspektori M.A. “D” xususiy korxonasiga qarashli yog‘ochni qayta ishlash sexiga o‘rnatilgan elektr hisoblagichning nosozligi sababli kelib chiqqan 42 million so‘m qarzdorlikni elektr tarmoqlari korxonasi bazasidan chiqarib, yangi hisoblagich o‘rnatib berish evaziga 3 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan. Bu Departamentning Farg‘ona tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.

Departamentning Asaka tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa “Hududgaz” Andijon gaz ta’minoti filiali Asaka tumani bo‘linmasi mansabdor va moddiy javobgar shaxslari tumandagi tabiiy gaz yetib bormaydigan hududlardan demontaj qilingan 260 million so‘mlik turli hajmdagi gaz quvurlarini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani ayon bo‘ldi.  

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yuqoridagi holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Muattar Burhonova, O‘zA