French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gaz va benzin “zapravkalar”dagi manzara: faqat hamyonni o‘ylash kerak emas...
13:01 / 2020-02-20

To‘g‘ri, ayrim joylarda qaror ijrosi doirasida shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga javob beradigan qator qulaylik hamda imkoniyatlar yaratildi. Lekin hamma joyda ham bu borada olib borilayotgan ishlar ko‘lami talabga javob bermaydi.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 sentyabrdagi «Yo‘lbo‘yi va turistik infratuzilmani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori aholi va turistlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, atomobillarga gaz to‘ldirish kompressor va gaz qo‘yish stansiyalari hamda yoqilg‘i quyish shoxobchalarini zamon talablariga muvofiq jihozlash, moslashtirishni talab qiladi. 

To‘g‘ri, ayrim joylarda qaror ijrosi doirasida shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga javob beradigan qator qulaylik hamda imkoniyatlar yaratildi. Lekin hamma joyda ham bu borada olib borilayotgan ishlar ko‘lami talabga javob bermaydi.

Farg‘ona shahridagi “O‘rmonchilar” ko‘chasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Kuch. ko” mas’uliyati cheklangan jamiyatning avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida haydovchi va yo‘lovchilar uchun zarur bo‘lgan oddiy sharoit yo‘q. O‘nqir-cho‘nqirlikdan iborat kirish yo‘laklari ta’mirga muhtoj. Sanitariya-gigiena tarmoqlaridagi tartibsizlik, axlatlar uyumi dilni xufton qiladi. Shoxobcha xavfsizligi uchun muhim bo‘lgan, yong‘inga qarshi kurashish jihozlarining yaroqlilik muddati o‘tib bo‘lgan, o‘t o‘chirish jihozlari abgor holga kelib qolgan.

Farg‘ona tumanidagi “Mustaqillik shukronasi” ko‘chasida joylashgan “Ishonchgaz sano servis” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyasiga kirib borar ekanmiz, qorli kunda ochiq maydonga sovuqdan dirdirab, yer depsinib o‘tirgan kishilar harakati e’tiborimizni tortdi.

– Vodildan qaytyapmiz, avtobusimiz gaz quygani kirib ketgan, – deydi marg‘ilonlik Murodil Qosimov. – Yo‘lovchilar uchun kutish zali, tez ovqatlanish shoxobchalari yo‘q, sanitariya-gigiena tarmoqlari faqat xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun ishlayapti.

Darhaqiqat, “Ishonchgaz sano servis” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli mazkur shoxobcha ko‘pdan buyon faoliyat ko‘rsatib keladi. Lekin yo‘lovchilar uchun oddiy shart-sharoitlarning yo‘qligi aholining haqli e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.

– Kutish zali, tez ovqatlanish shoxobchalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida yer maydoni ajratib berishlarini so‘rab tuman hokimligiga murojaat qilganmiz, – dedi jamiyat rahbari Bahromjon Abbosov. – Bu masalada aniq yechim topilgani yo‘q. Hozirda bepul “wi-fi” zonalari hamda sanitariya-gigiena tarmoqlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish ishlarini poyoniga yetkazyapmiz.

Qiziq. Gaz quyish kompressor stansiyasida shuncha bo‘sh joy turganda ular “hokimiyatdan yer so‘ragan”mish. Bahona ham evi bilanda!

Farg‘ona tumani “O‘rikzor” ko‘chasida joylashgan “Farg‘onametangaz” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli gaz quyish stansiyasida ham yo‘lovchilar uchun yetarli qulaylik va imkoniyat yaratib berilmagan. Jumladan, ochiq ayvondan iborat kutish joyidagi sanitariya-gigiena jihozlari talabga javob bermaydi. Qolaversa, ayollar va nogironlar uchun xizmat ko‘rsatuvchi xonalar qulflab qo‘yilibdi...

Oltiariq tumanidagi “Farg‘onaenergogaz” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli gaz to‘ldirish kompressor stansiyasida yo‘lovchilar uchun kerakli bo‘lgan sharoitlar yaratish ishlari poyoniga yetmay qolgan. Xususan, nogironlar uchun zarur bo‘lgan sanitariya-gigiena tarmoqlari qurish yo‘lida boshlangan ishlar chala qolgan. Farg‘ona – Qo‘qon katta avtomobil yo‘li bo‘yida joylashgan mazkur tarmoqqa nogironligi bo‘lgan aholi, turistlar kelib qolsa, qay ahvolga tushadi? Ustiga-ustak, sanitariya-gigiena xizmatlari uchun “xizmat haqi” olinayotganligini qanday izohlash mumkin? Shoxobcha mutasaddilari bepul “wi-fi” zonalari tashkil etishni xayoliga ham keltirmagan ko‘rinadi. Bu boradagi savolimizga bosh hisobchi Alyorjon Abdupattoev lo‘nda qilib javob berdi: “Hammasini endi qilamiz”.

Farg‘ona tumanidagi “Murodobod – Farg‘ona” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli avtombillarga yoqilg‘i va gaz quyish stansiyasida ham yo‘lovchilar uchun kutish joylari, tez ovqatlanish shoxobchalari, bepul “wi-fi” zonalari tashkil etish bilan bog‘liq ishlar hanuz poyoniga yetmagan.
AGTKS, AGQS va AYoQS hududida qonun hujjatlari talablariga muvofiq savdo shoxobchalari, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, tez ovqatlanish shoxobchalari va bepul wi-fi zonalari tashkil qilishga e’tiborsizlik yarashmaydi. Zero, bu joylardagi sharoit va qulayliklar sifatli xizmat ko‘rsatishda ham muhim ahamiyatga egadir.