English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gaz uskunalaridan ruxsatsiz foydalanish 200 baravar jarimaga sabab bo‘lishini bilasizmi?
18:14 / 2026-01-20

O‘zbekiston Respublikasining "Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida"gi qonuniga muvofiq, yangi qurilgan yoki texnik jihatdan qayta jihozlangan gaz uskunalaridan foydalanish uchun tegishli ruxsat beruvchi hujjat olish shart.

Bu talab bir yilda 100 ming metr kub va undan ortiq tabiiy gaz iste’mol qiladigan korxonalarga, shuningdek, neft-gaz ob’ektlarida qo‘llaniladigan uskunalarga taalluqlidir.

Agar gaz uskunalari tegishli xulosasiz yoki qalbaki hujjat asosida ishga tushirilsa, qonunchilikka muvofiq bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida jarima qo‘llaniladi.

Shu bilan birga, agar jarima to‘g‘risidagi qaror yuborilgan kundan boshlab bir oy ichida jarimaning 70 foizi ixtiyoriy ravishda to‘lanib, ruxsat beruvchi hujjatni olish uchun “O‘zenergoinspeksiya”ga murojaat qilinsa, qolgan qismi to‘lanmaydi.

Eslatib o‘tamiz,  ayni paytda mazkur tartibni takomillashtirish maqsadida qonunga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

N.Ziyodullayeva, O‘zA