French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gaz to‘ldirish va yetkazishda xavfsizlik texnikasi
16:33 / 2025-08-25

Aholiga tabiiy va suyultirilgan gazni sifatli va bir maromda yetkazib berishda texnik talablarga rioya etish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu jihatlarni inobatga olib, Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi gaz to‘ldirish shoxobchasida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha respublika miqyosidagi profilaktik tadbir o‘tkazildi. Mazkur amaliy va ko‘rgazmali anjumanda “Hududgaz ta’minot” aksiyadorlik jamiyatining “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali yetakchi mutaxassislari, “Yangiqo‘rg‘on gaz to‘ldirish shoxobchasi” xodimlari, Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas’ul mutasaddilari hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. 

Tadbirning birinchi bosqichi gaz to‘ldirish uskunalarining texnik holatini tekshirishga qaratilib, unda uskunalarning ishlash holati, gazni to‘ldirish jarayonida yuzaga keladigan noxush holatlarning oldini olish, quvurlarni nazorat qilish va ularni ta’mirlash muhim vazifalar sifatida belgilandi. Xodimlarga xavfsizlikka doir yangilangan talablar, shuningdek, favqulodda holatlarda qanday harakat qilish kerakligi haqida batafsil ma’lumot berildi. 

Bunday tadbirlardan ko‘zlangan maqsad gaz to‘ldirish shoxobchasida texnika xavfsizligini ta’minlash, ishchi-xizmatchilarning bu boradagi bilim va malakasini oshirishdan iborat. Zero, bunday tadbirlar shoxobchalarning xavfsiz faoliyatini ta’minlash, gaz ta’minotining barqarorligini va ko‘ngilsiz holatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.