Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gaz to‘ldirish shoxobchasi mavsumga tayyor
18:31 / 2024-10-14

Kuz-qish mavsumi daxldor sohalar singari, gaz ta’minoti tizimi uchun ham sinovli va mas’uliyatli palla hisoblanadi. Aholini har qanday sharoitda ham, jumladan, qor va yomg‘irli kunlarda ham tabiiy hamda suyultirilgan gaz bilan muntazam ta’minlash soha xodimlarining bugungi harakatiga bog‘liq.

“Hududgaz Navoiy” gaz ta’minoti filiali tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ayni paytda Navbahor, Karmana, Qiziltepa, Konimex tumanlaridagi iste’molchilarga maishiy gaz ballonlarda suyultirilgan gaz yetkazib beruvchi “Navbahor” gaz to‘ldirish shoxobchasida ham ish qizg‘in. Bu yerda maishiy gaz ballonlari avval og‘ir qoldiqdan tozalanadi, keyin esa har bir gaz ballon belgilangan normada suyultirilgan gazga to‘ldirilib transportlarga joylashtiriladi. 

Shoxobchada ham kuz-qish mavsumi uchun barcha tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi. 

– Gaz to‘ldirish shoxobchamizni kunlik suyultirilgan gaz qabul qilish quvvati 45 tonnaga teng, – deydi shoxobcha sanoat xavfsizligi muhandisi O‘tkir Hojiyev. – Bu yerdan kuniga 18,5 tonnagacha, oyiga 240 tonna suyultirilgan gaz maishiy gaz ballonda iste’molchilarga yetkazilmoqda. Kuz-qish mavsumi uchun 45 tonna zaxira gaz yaratilgan. 105 ta zaxira maishiy gaz ballonlari mavjud. Shu bilan birga 6 ta “ISUZU” maxsus transport vositalarimiz texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, kuz-qish mavsumi uchun shay holatga keltirilgan. 

Ta’kidlash o‘rinliki, birgina Navbahor tumanida 19 ming 430 ta suyultirilgan gaz iste’molchilari mavjud. Iste’molchilarga joriy yilning o‘tgan sentyabr oyida qariyb 202,4 tonna, yil boshidan buyon esa 1808,4 tonna suyultirilgan gaz yetkazilib berildi. 

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri