Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gaz tarmoqlari modernizatsiya qilinmoqda
20:55 / 2025-05-23

Bugungi kunda “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali tomonidan viloyat bo‘ylab tabiiy gaz tizimida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Namangan shahri hamda Yangi Namangan tumanida 2025-2026 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Obi hayot, Mehribonlik, Ravnaq va Nurafshon mahallalariga tortilgan gaz tarmoqlari tartibga solindi. Eskirgan gaz qurilmalari demontaj qilinib, o‘rniga “RDUK-100” rusumli o‘rta bosimli gaz taqsimlash qurilmasi o‘rnatildi.

Yangi Namangan tumani aholisini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi Davlatobod tumani Nurobod dahasida joylashgan “Namangan-1” gaz taqsimlash stansiyasining birinchi tarmog‘ida esa eskirib ketgan, diametri 300 mm. bo‘lgan ikkita gaz tambalagichi yangisiga almashtirildi. Shuningdek, tumanning “Mingchinor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “RDUK-50” rusumli gaz taqsimlash qurilmasi yangisiga almashtirildi. 

Bunday texnik modernizatsiya ishlari natijasida tabiiy gazni tejab, ta’minotda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzilishlarning oldi olinadi. 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA