Gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanganlik aniqlandi
Buxoroda tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan “Romitantumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tezkor tadbir o‘tkazildi. Natijada “S.S.” fermer xo‘jaligi rahbari S.R. fermer xo‘jaligiga qarashli issiqxonani o‘zboshimchalik bilan gaz tarmog‘iga ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 198,2 million so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Zarif Komilov,
O‘zA