Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangan fuqaro aniqlandi
16:41 / 2023-01-05

Elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olish borasida Samarqand viloyatida ham tegishli idoralar tomonidan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Jomboy tumanida o‘tkazilgan shunday tadbir chog‘ida Guliston mahallasida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan A.X. o‘zi tashkil qilgan hammom uchun noqonuniy ravishda tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib, 7 ta suv isitish qozoni va 1 ta gaz so‘rg‘ichdan foydalanib kelayotgani aniqlandi.  

“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali hamda viloyat huquq-tartibot idoralari tomonidan aniqlangan mazkur holatda fuqaro gaz ta’minoti korxonasiga 532 million so‘m zarur yetkazgani ma’lum bo‘ldi. Dastlabki surishtiruv davomida aniqlangan holatlar va to‘plangan hujjatlar vakolat doirasida ko‘rib chiqish hamda qonuniy qaror qabul qilish uchun viloyat prokuraturasiga taqdim etilgan.  

O‘zA