Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gaz ta’minotining fidoyi xodimlari
03:36 / 2023-04-04

FOTOREPORTAJ

Har bir kasbning o‘z mashaqqati bor. Shunday kasb egalari ham borki, ularning har bir kuni, har bir daqiqasi, kerak bo‘lsa har bir soniyasi mashaqqat ostida o‘tadi. Lekin, ular sharafli kasblari yo‘lida, vaqtini samarali o‘tkazish umidida betinim ishlaydi. “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialining “Qurilish va ta’mirlash” boshqarmasi ishchi xodimlari shunday kasb egalaridan.

Boshqarma ishchilarining bir guruhi ayni damda viloyatning Angor va Termiz tumanlari cho‘l hududlarida gaz quvurlarini tortish bilan mashg‘ul. Ular “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi va Termiz shahri iste’molchilarini tabiiy gaz bilan ta’minlash uchun Angor tumani “Bahor” mahallasi hududida joylashgan “Qoraqir” AGRSdan jami 38,9 kilometr yuqori bosimli gaz tarmog‘i qurilishi ishlarini olib bormoqda. Loyiha yakuniga yetgach, 10 mingga yaqin aholi va ijtimoiy soha, iqtisodiyot tarmoqlarining tabiiy gaz ta’minotini yaxshilanadi.

[gallery-11213]

– Cho‘lning havosi shafqatsiz, - deydi filialning “Qurilish va ta’mirlash” boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Orzu Boysoatov. – Yozda juda issiq, qishda esa sovuq. Ob-havo qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, ishni to‘xtatolmaymiz. Yelkamizda yuksak mas’uliyat turganida ob-havoning issiqligi ham, charchoq ham, boshqa qiyinchiliklar ham bilinmaydi. Xalqimizni gaz bilan ta’minlashga o‘z hissamizni qo‘shayotganimizdan mamnunmiz.  

Gazchilar viloyatning turli hududlarida, haftalab, kerak bo‘lganida oylab mehnat qiladi, yangi ob’ektdagi ishni to‘liq yakunlanmaguncha uyiga ham bormaydi. Ular xalqqa foyda keltirish yo‘lidagi savobli ishga o‘zini baxshida etgan.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA