Mamlakatimiz bo‘ylab sovuq harorat hukm surmoqda. Iste’molchilarni tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash uchun tegishli idoralar tomonidan barcha choralar ko‘rilmoqda. Shunga qaramasdan, sovuq harorat tizim ishiga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Tarmoqlarda avariyali holatlar ham kuzatilmoqda. “Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filiali xodimlari havo haroratining pasayib ketganiga qaramay o‘z vazifalarini sidqidildan bajarmoqda.
Izg‘irinli, sovuq kunlarda iste’molchilarning tabiy gaz ta’minotiga bo‘lgan talabi yanada kuchaygan. Aholini bir maromda gaz bilan ta’minlash doimgidan ham muhim. Shu sababdan ham ayni kunlarda “Hududgaz Xorazm” gaz ta’minot filiali xodimlari iste’molchilarga uzluksiz tabiiy gaz yetkazish tashvishi bilan band. Filial xodimlari ana shu mas’uliyatni anglab yetgan holda havo haroratining pasayib ketganiga qaramay o‘z vazifalarini sidqidildan bajarmoqda. Misol uchun Urganch shahrining chekka mahallaridan birida joylashgan gaz taqsimlash qurilmasida nosozlik yuzaga keldi. Tun bo‘lishiga qaramasdan tezkor guruh ushbu hududga yetib bordi va ta’mirlash ishlarini zudlik bilan boshlab yubordi. Ob-havoga sharoitiga qaramay o‘z vazifasini vijdonan bajarayotgan ushbu soha xodimlarining zahmatli mehnati e’tirofga munosib.
- Aholidan kelib tushgan murojaatga ko‘ra, Urganch shahrining “Olimpiya”, “Baynalminalchi” mahallalari va 4-dahasini gaz bilan ta’minlovchi gaz taqsimlash qurilmasini texnik ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida avariya joyiga yetib keldik, - dedi “Urganchgaz” gaz ta’minot bo‘limi bosh muhandisi Kamoliddin Bekchanov. – Hozirda qurilmadagi nosozlik to‘liq bartaraf qilindi. Mahallalarning barchasiga bir me’yoyorda gaz taraqatilishi ta’minlandi. Bunday tezkor brigadalar shahrimizning turli burchaklarida har qanday vaziyatda ham tunu kun avariya holatlarini bartaraf qilish yoki oldini olish uchun shay holatda.
Noqulay ob-havo sharoitiga qaramay, el xizmatiga doim kamarbasta bo‘layotgan, anomal sovuqda ham o‘z vazifalarini sidqidildan ado etayotgan bu soha vakillariga ko‘mak berish, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida filial ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi chilangar mutaxassislardan iborat tezkor ishchi guruh uchun issiq choy va kofe, shirinlik, yeguliklar tarqatdi.
Bu ham insoniylikning bir ko‘rinishi. Ayni kunlarda yurtimizda davom etayotgan qishning qirovli, ayozli kunlari xalqimiz sabr-irodasini hamda mehr-oqibatlilik fazilatlarini yana bir karra sinovdan o‘tkazmoqda.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/0GLKZLnkd3Y" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Ahmadjon Shokirov, O‘zA