Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gaz ta’minotida yangi amaliyot
20:32 / 2025-10-16

Davlatimiz rahbarining shu yil 16-17 sentyabr kunlari Namanganga tashrifi chog‘ida Norin tumanidagi sobiq Sho‘rariq, hozirda Yangi Namangan mahallasida bo‘lib, aholi farovonligi va turmush tarzini o‘zgartirish borasida mutasaddilarga muhim topshiriqlarni bergandi.

Ayni kunlarda mazkur hudud viloyatdagi barcha darajadagi, xususan kommunal xizmat ko‘rsatish idoralari rahbarlarining ish joyiga ko‘chgan, desak ayni haqiqat bo‘ladi.

Bu yerda “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali tomonidan iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Endilikda mahalla ahlini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash borasida yangi amaliyot joriy qilindi. 

“Yangi Namangan” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida jami sakkizta ko‘chada 1069 nafar iste’molchi bo‘lib, yil boshidan hozirga qadar ular 138,160 tonna suyultirilgan gaz bilan ta’minlangan. Shuningdek, har bir xonadonga xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish maqsadida maishiy gaz ballonlariga maxsus quti o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

– Iste’molchilarni rozi qilish, ularning har bir murojaatlarini tinglash tizim tashkilotlarining birinchi galdagi ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. Jumladan, Norin tumanidagi Yangi Namangan mahallasi hududida joriy etilgan yangi loyiha doirasida nafaqat xavfsizlik qutilari, balki gaz ballonidan gaz jihozlarigacha bo‘lgan tarmoqlar ham sozlab berilmoqda. Ushbu jarayon ob-havoning har qanday sharoitida ham gaz ballonlaridan xavfsiz va qulay foydalanish imkonini yaratadi, – deydi “Hudugaz Namangan” gaz ta’minoti filiali direktori Ibrohimjon Mamajonov.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.