bugungi kunda har bir sohada uchrashi mumkin bo‘lgan ovoragarchiliklarni bartaraf etib, imkon qadar sodda va sifatli qulayliklarni yaratish, samarali xizmat ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish ijtimoiy hayotimizdagi har bir tarmoq oldida turgan ustuvor masala.
Jarqo‘rg‘on tuman gaz bo‘limida ham aholiga qulaylik yaratish maqsadida tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha bir qancha yangiliklar amalga oshirilmoqda. Ayni damda tumandagi jami mahallalar soni 65 tani tashkil etadi. Tabiiy gaz iste’molchilari 3812 ta, suyultirilgan gaz iste’molchilari soni esa 42735 tadan iborat.
[gallery-1101]
Endilikda iste’molchilar uchun gaz ta’minoti to‘lovlarini ID-kartalar orqali amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Ya’ni, fuqaro shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan bankka borib karta ochirishi va unga pul o‘tkazishi mumkin. Gaz yetkazib berish xizmat mashinalariga esa ushbu kartadan pul yechib oluvchi apparatlar o‘rnatilgan. Shuningdek, ID-karta balansini uyali aloqa vositasi orqali kuzatib borish imkoniyati ham mavjud.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA