Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gaz ta’minoti: eng chekka va tog‘li hududlarda ham muammo bo‘lmaydi
14:20 / 2022-05-18

Toshkent viloyatida aholini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash, mavjud muammolar va kamchiliklarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 Buni Bo‘stonliq tumanidagi 35 mingdan ziyod iste’molchiga xizmat ko‘rsatayotgan "Hududgaz Toshkent" gaz ta’minoti filiali faoliyati misolida ham ko‘rish mumkin. 

Hududning 7 ming 697 ta xonadoni suyultirilgan gazdan foydalanadi. Eng olis manzillar “Uzun”, “Yangi qo‘rg‘on”, “Sijjak”, “Nanay” mahallalari, shuningdek, chekka tog‘li hudud sanalgan – 78 ta xonadondan iborat "Ispay" qishlog‘i aholisiga ham uzluksiz gaz ballonlari tarqatilmoqda. Birgina aprel oyining o‘zida mazkur qishloqqa 2 tonna suyultirilgan gaz hajmi maxsus transportlarda yetkazib berildi. 

Bo‘stonliq tumanidagi suyultirilgan gaz bilan ta’minlanadigan iste’molchilarga Chirchiq shahridagi “Chirchiq gaz to‘ldirish stansiyasi” tomonidan xizmat ko‘rsatiladi. Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, iste’molchilarni belgilangan muddatlarda uzluksiz suyultirilgan gaz bilan ta’minlash, aholi va gaz ta’minoti tashkilotlari o‘rtasidagi anglashilmovchiliklarning oldini olish, zamonaviy texnologiyalarni tadbiq etgan holda qulayliklar yaratish maqsadida bugungi kunda mazkur qishloq ahli "Hududgaz Toshkent" GTF tomonidan tadbiq etilgan ID kartalardan foydalanmoqda.

A.Musayev, O‘zA