Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gaz ta’minoti chegara hududlargacha qamrab olinmoqda
17:39 / 2026-01-24

Qish faslining ayni sovuq kunlarida aholini kommunal xizmatlar, shu jumladan, tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash – xizmat ko‘rsatuvchi tizimlarda nazorat, qulaylik va shaffoflikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Namangan viloyatining Pop, Yangiqo‘rg‘on, Chortoq, Chust, Kosonsoy va Uchqo‘rg‘on tumanlari qo‘shni Tojikiston va Qirg‘iz Respublikasi bilan chegaradosh hududlar hisoblanadi. Markazdan nisbatan olis bo‘lgan ushbu manzillarda istiqomat qiluvchi aholini barqaror va uzluksiz suyultirilgan gaz bilan ta’minlash “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filialining muhim ustuvor vazifalaridan biridir.

Filial direktori Ibrohimjon Mamajonovning qayd etishicha, xizmat ko‘rsatish jarayonlarida shaffoflik va adolatni ta’minlash maqsadida zamonaviy raqamli texnologiyalar joriy etilmoqda. Xususan, hozirgi kunda suyultirilgan gaz yetkazib berish jarayonida “Face ID” tizimi asosida ish faoliyati olib borilmoqda. Mazkur tizim orqali gaz egasiga yetib borishi va hisob-kitoblarning aniqligini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.