French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gaz ta’minoti bo‘yicha Namangan tajribasi ommalashtirilmoqda
15:01 / 2022-06-29

Mamlakatimizda "Inson qadri uchun" tamoyili asosida aholiga sifatli kommunal xizmatlar ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati tomonidan iste’molchilarni bir maromda tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash borasida islohotlar olib borilmoqda. Tizimga raqamlashtirishning joriy etilishi iste’molchilar uchun qulayliklar yaratish bilan birgalikda, ta’minotchi korxona va iste’molchi orasida shaffoflikni ta’minlamoqda.

Namanganda sohada amalga oshirilayotgan ishlarni keng ommalashtirish maqsadida Respublika amaliy seminar-treningi tashkil etildi.

Unda Namangan, Andijon, Farg‘ona, Jizzax, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, viloyatlari va Toshkent shahridan tarmoq mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Tabiiy gaz ta’minoti bilan bog‘liq islohotlar haqida, “aqlli” gaz hisoblash uskunalari o‘rnatilishi va loyiha bergan natijalar, tabiiy gaz ta’minotida uch bosqichli tizimdan ikki bosqichli tizimga o‘tish bo‘yicha bajarilgan ishlar va tizimdagi boshqa yangiliklar haqida so‘z yuritildi.

– Zamon bilan hamnafas yashash faoliyatimizda ham namoyon bo‘lmoqda, – deydi “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali direktori Shavkat Otaxonov. – Filialda tashkil etilgan “Vaziyatlar markazi”da “aqlli hisoblagichlar”ning ishlash tizimi, billing gaz va “fossa” dasturlari doimiy ravishda kuzatib boriladi. Tashkilotdagi “Markaziy ustaxona”da bugun gaz tarmoqlari va gaz taqsimlash punktlari ta’miri, hisoblagichlarni o‘rnatishda kerak bo‘ladigan 12 turdagi jihozlar ishlab chiqarilmoqda.

Ta’kidlash joizki, ustaxonada ishlab chiqarilayotgan jihozlar eng avvalo tannarxi arzon ekanligi bilan iqtisodiy jihatdan qo‘l kelmoqda. Shuningdek, filialda “Loyiha-qurilish-montaj” servis faoliyati yo‘lga qo‘yilib, unda iste’molchi tabiiy gaz keltirish bo‘yicha murojaat qilishi va loyihadan to buyurtma qabul qilib olgunga qadar barcha ishlar ushbu servis tomonidan bajariladi.

Namangan viloyatida ham “Tabiiy gaz nazorati va hisobini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimi” loyihasini joriy etish doirasida tabiiy gaz iste’molchilari xonadonlariga “aqlli hisoblagichlar”ni o‘rnatish ishlari yakunlanmoqda.

Hozirda viloyat iste’molchilarining 149 mingdan ortig‘i hovli uylar va 40 mingga yaqini ko‘p qavatli uylarda tabiiy gazdan foydalanib kelmoqda. Viloyatda ham loyiha doirasida 189 ming 966 dona “aqlli” gaz hisoblash uskunasi o‘rnatilgan bo‘lib, belgilangan rejaga nisbatan 14.6 foizga oshirib bajarildi. O‘rnatish ishlari yakuniga ko‘ra, qo‘shimcha 23 ming 980 kishiga elektron gaz hisoblash uskunalari o‘rnatildi va barcha hisoblagichlar billing dasturiga integratsiya qilindi.

Namangan shahrida 44 ming 984 dona, Davlatobod tumanida 31 ming 192 dona, Pop tumanida 20 ming donadan ortiq, Chustda 16 ming 62 dona, to‘raqo‘rg‘onliklarga 9 ming 991 dona “aqlli” gaz hisoblagichlar o‘rnatib berilgan. Namangan va Mingbuloq tumanlarida esa 8 mingdan ortiq, Kosonsoyda  6 ming 626, Uychi tumanida 10 ming 778, Yangiqo‘rg‘on tumanida 12 ming 18, Chortoq tumanida 12 ming 63, Uchqo‘rg‘on tumanida 9 ming 85, Norin tumanida 1 ming 130 iste’molchi mazkur hisobdonlardan foydalanmoqda.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA