Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gaz quyish shoxobchalariga cheklov o‘rnatilmoqda
10:58 / 2023-12-08

O‘zbekistonning ikkita viloyatida va Qoraqalpog‘istonda gaz quyish shoxobchalariga cheklov o‘rnatildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, viloyatda joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) 7 dekabrdan boshlab soat 8:00 dan 17:00 gacha faoliyat yuritadi.  

Andijonda mavjud avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga tabiiy gazni yetkazib berish 4 dekabrdan har kunlik ertalab soat 06:00 dan soat 15:00 ga qadar belgilandi.

Shuningdek, 9–14 dekabr kunlari Qoraqalpog‘istonda joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari tun-u kun rejimidan soat 6:00 dan 15:00 gacha ishlash rejimiga o‘tdi.  

Mazkur cheklovlarga havo haroratining keskin sovib ketishi tufayli tabiiy gazni birinchi navbatda aholi xonadonlari, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda ijtimoiy soha ob’ektlari (maktab, bog‘cha, shifoxona va boshqalar)ga yetkazib berish sabab qilib ko‘rsatilgan.

Sh. Mamaturopova, O‘zA