Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gaz quyish shoxobchalaridagi muammolar yuzasidan deputatlik so‘rovi kiritildi
13:12 / 2024-02-24

So‘nggi yillarda yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini kompleks rivojlantirish hamda energiya resurslariga tobora oshib borayotgan ehtiyojni ta’minlashning muhim omili bo‘lgan energiya manbalarini diversifikatsiya qilish bo‘yicha izchil ishlar olib borilayotganiga qaramasdan, sohada ayrim kamchiliklar saqlanib qolmoqda.

Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasi hamda partiya markaziy Kengashi bilan hamkorlikda joylarda olib borilgan o‘rganishlar va fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar shuni ko‘rsatmoqdaki ob-havoning sovishi natijasida tabiiy gazni yetkazib berish kamaygani yoki vaqtincha to‘xtatilgani to‘g‘risida oldindan iste’molchilarni xabardor qilmaslik yoqilg‘i quyish shoxobchalarida navbatlarda vaqt yo‘qotishlarga va tabiiyki aholining haqli e’tirozlari sabab bo‘lmoqda.  

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziriga mavjud holat bo‘yicha asoslantirilgan tushuntirish va izoh berilishi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.   

O‘zbekiston “Adolat” SDP  

matbuot xizmati.

O‘zA