Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gaz quyish shoxobchalari haqida onlayn ma’lumot olish tizimini joriy etish maqsadga muvofiq
21:11 / 2024-02-23

Yurtimizda kuz-qish mavsumi boshlanib, havo harorati pasayganda gaz bosimining pasayishi oqibatida avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatiladi. Bu esa mamlakatimizdagi avtomobillarning katta qismi gaz yoqilg‘isida harakatlanganligi bois bir qator qiyinchiliklarga sabab bo‘lmoqda.

Bu holat yana bir muammoni keltirib chiqarmoqda. Ya’ni gaz quyish shoxobchalarining ishlash grafigi, real rejimda ishlayotgani yoki ishlamayotgani kabi ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganligi uchun ko‘plab navbatlar paydo bo‘lishiga olib kelmoqda, odamlar sovuq kunlarda ushbu navbatlarda bir necha soatlar davomida qolib ketishga majbur bo‘lmoqda.

Biz zamonaviy, innovatsion raqamli texnologiyalar davrida yashamoqdamiz. Mazkur vaziyat xorijiy tajriba asosida har bir gaz quyish shoxobchalari haqida ma’lumotlar umumlashtirilgan onlayn axborot tizimini yaratish va tizimli faoliyatini yo‘lga qo‘yishni taqozo etmoqda. Ushbu onlayn tizimda shoxobchalarning ishlash vaqti, ishlayotgani yoki ishlamayotgani, ayni holatdagi yoqilg‘i qoldig‘i va boshqa ma’lumotlarni aks ettirish maqsadga muvofiq.

Ushbu tizim faoliyati Energetika vazirligi tomonidan muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilsa, aholining og‘iri yengillashgan, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish orqali sun’iy ravishda gaz yetishmovchiligi yuzaga keltirilishining oldi olingan va keng jamoatchilikni rozi qilgan bo‘lamiz.

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyamiz deputatlari tomonidan Energetika vazirligiga deputat so‘rovi kiritamiz.

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Matbuot xizmati. 

O‘zA