Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gaz portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
15:21 / 2022-12-13

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi xonadonda gaz portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqida viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi. 12 dekabr kuni soat 15:24 da Qo‘qon shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limining “101” qisqa raqamiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Alisher Navoiy mavzesi 101/13-uyda yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan D.N. yashash xonadonida gaz chaqnashi oqibatida vafot etgan.

Olib borilgan o‘rganish davomida aniqlanishicha, fuqaro D.N. xonadonidagi gazni tekshirib ko‘rish maqsadida gugurt chaqqan paytda gaz va havo aralashmasi natijasida chaqnash sodir bo‘lgan. Natijada D.N. hodisa joyida vafot etgan. U bilan birga bo‘lgan ukasi fuqaro B.N. tanasining turli joylaridan kuyish jarohati bilan Qo‘qon shahar tibbiyot markaziga joylashtirilgan.  

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.  

M.Sulaymonov, O‘zA