Gaz o‘g‘risi qo‘lga tushdi
Buxoro shahrida 292 million so‘mlik tabiiy gazdan o‘g‘rincha foydalanish holati aniqlandi.
Shaharning “Shayxul Olam” mahalla fuqarolar yig‘ini Qarshi darvoza ko‘chasida joylashgan YATT “Z.M.J.”ga qarashli “O” nomli sauna binosida tabiiy gazdan foydalanish holati o‘rganilgan.
Tekshiruv davomida iste’molchi hisoblagichdan tashqari rezina shlang orqali tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan foydalanib kelayotgani fosh qilingan.


Hozirda mazkur holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 292 million 473 ming so‘m zarar qayta hisob-kitob qilingan hamda barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.