Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gaz o‘g‘irlari
17:14 / 2026-01-26

Buxoro viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va bartaraf etish maqsadida “Hududgaz Buxoro” GTF xodimlari tomonidan joylarda reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Reydlar davomida Romitan tumanining “Bog‘isayidon” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro Y.O. tomonidan hisoblagichni chetlab o‘tib gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Natijada 32 million 916 ming so‘mlik zarar hisoblab chiqildi. Buxoro tumanining “Sheyxoncha” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi M.H.ning xonadonida esa 77 million 527 ming so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, Qorako‘l tumanining Tashabbus mahallasida yashovchi T.H. hisoblagichdan tashqari rezina shlang orqali gazga noqonuniy ulangani aniqlanib, 16 million 242 ming so‘mlik gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi.

Aniqlangan barcha holatlar bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.