Gaz o‘g‘irlagan korxona aniqlandi
“O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Natijada Buxoro shahrida joylashgan “S.” xususiy korxonasiga tegishli oshxonaning hisoblagichsiz tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur qoidabuzarlik natijasida gaz ta’minoti korxonasiga 546 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.