Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gaz koni portlatilishi haqidagi xabarlar yolg‘onmi?
15:28 / 2024-10-18

Ijtimoiy tarmoqlarda Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” konidan chiqayotgan gazni to‘xtatish uchun portlatilishi haqida xabarlar tarqaldi. Surxondaryo viloyati hokimligi munosabat bildirib, bu xabar asossiz ekanini ma’lum qildi.

– Bugun turli telegramm kanal va guruhlarda Boysun tumanidagi “M-25” konida gaz chiqishini to‘xtatish maqsadida yengil portlatish ishlari amalga oshirilishi haqida yolg‘on xabarlar tarqaldi. Mazkur xabar asossiz bo‘lib, hozir bunday choralarni amalga oshirish rejalashtirilmagani ma’lum qilinadi. Bu kabi yolg‘on xabarlarga ishonmaslikni va tarqatmaslikni so‘raymiz. Eslatib o‘tamiz, aholi o‘rtasida vahima uyg‘otuvchi yolg‘on va asossiz xabarlarni tarqatganlik uchun qonunchilikda javobgarlik belgilangan, – deyiladi rasmiy munosabatda.   

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri