Gaz ballonlari o‘z vaqtida yetkazilmoqda
Buxoro viloyatidagi “Jondortumangaz” gaz ta’minoti korxonasi tomonidan 37 ta mahalla suyultirilgan gaz bilan ta’minlanadi. Mahallalardagi 19 ming 818 aholi va 39 ta ijtimoiy ob’ektga gaz balloni tarqatiladi.
Tumanning Yangiobod mahallasidagi qishloq ahli tizim xodimlarining faoliyatidan minnatdor. Ularning qay biri bilan suhbatlashmang, mamnunligini ko‘rish mumkin. Asosiysi, esa ba’zi iste’molchilarning murojaatlari yo‘l-yo‘lakay o‘rganilib, hal etilishiga erishilmoqda.

– Mahallamizda 2 ta qishloq suyultirilgan gaz bilan ta’minlanadi, – deydi Yangiobod mahallasining raisi Mehrinigor Hamdamova. – 35 kunga bormay gaz ballonimiz yetkaziladi. Yil 12 oy xodimlar ishlaydi. Yozning chillasi, qish qahratoni deysizmi, o‘z vaqtida kelishadi. Ovqatimiz tayyor, issiqqina choyimiz bilan mehmonimizni ham kutib olamiz.
Gaz ballonlari nazorat tarozilarida o‘lchanib, to‘lovlar esa online amalga oshirilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri