Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gaz ballonlari iste’molchilarga o‘z vaqtida yetkazilyaptimi?
21:10 / 2024-02-12

“Hududgaz Navoiy” gaz ta’minoti filialining Moddiy resurslardan oqilona foydalanish va korrupsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirish bo‘limi tomonidan joylarda maishiy gaz ballonlarining tarqatilishi jarayoni ustidan nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Shunday tadbirlardan biri Qiziltepa tumanida o‘tkazildi. Bugungi kunda tumanda 14 ming 436 ta suyultirilgan gaz iste’molchisi mavjud. Tumangaz gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan maishiy gaz ballonlar har 35-40 kunda belgilangan reja-jadval asosida hududdagi 35 ta mahallaga navbati bilan tarqatib kelinadi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi, maishiy gaz ballonlarga ID kartalar orqali to‘lov qilinyaptimi? Maishiy gaz ballonlarni iste’molchiga yetkazishda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘yilmayaptimi? Belgilangan reja-jadvalda ko‘rsatilgan MFYga maishiy gaz ballon tarqatilyaptimi? Ularni iste’molchiga xavfsiz yetkazish bo‘yicha qanday choralar ko‘rilgan? 

Tumanning Demas va Rabot mahallalarida bo‘lib o‘tgan nazorat tadbirlarida ayni shu jihatlarga e’tibor qaratildi. 

– Har bir iste’molchi maishiy gaz ballonni o‘z vaqtida hamda maxsus ID kartalar orqali olishi lozim, – deydi filialning moddiy resurslardan oqilona foydalanish va korrupsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirish bo‘limi yetakchi muhandisi Suhrob Rahmatov. – Mahallalarda olib borayotgan nazorat tadbirlarimizda shu va boshqa holatlar yuzasidan iste’molchilarga keng tushuntirish ishlarini olib boryapmiz. Shu bilan birga maishiy gaz ballonlarni xavfsiz va zarar yetkazmasdan, muddatidan kechiktirmay aholi xonadonlariga tarqatilishi yuzasidan ham tegishli xodimlarga tavsiyalar berilyapti. 

– Maishiy gaz ballonlar o‘z vaqtida yetkazib kelinmoqda,–- deydi iste’molchilardan biri Baxtiyor Hakimov. – ID kartalar orqali suyultirilgan gaz uchun to‘lovlarni amalga oshiryapmiz. Belgilangan reja asosida har 35-40 kunda maishiy gaz ballonlar yetkazib berilyapti. Gaz idorasi xodimlari tomonidan gaz ballonlardan foydalanish va o‘rnatish, to‘lovni amalga oshirish tartibi haqida tushunchalar berilmoqda. 

Bu kabi targ‘ibot ishlari maishiy gaz ballonlar iste’molchiga yetib borishida shaffoflikni ta’minlashga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. 

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri