Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘ayrati jo‘sh urgan Bayramgul opa
15:24 / 2025-07-14

Bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ularning barcha sohalarda o‘z salohiyatini namoyon etishiga keng yo‘l ochmoqda.

Ayniqsa, qadimiy hunarlarni o‘rganish va uni zamonaviylashtirish, milliylashtirishda faol ayollar safi tobora kengaymoqda.  

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumani Tazabazar mahallasida yashovchi Bayramgul Bekbergenova ham ana shunday faol ayollardan. U milliy hunar – kigiz bosish va jundan ip yigirish sirlarini o‘rganishga bel bog‘lagan. Bu yo‘lda unga ustoz sifatida yurtimizda keng tanilgan, "Do‘stlik" ordeni sohibasi, tajribali hunarmand Altinay Naubetova yo‘l ko‘rsatmoqda.  

Ma’lumki, O‘zbekistonni 2030 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasida 2022-2025 yillarda qayta ishlovchi tarmoqlarni jadal rivojlantirish, yangi bozor va ishlab chiqarish tuzilmalarini shakllantirish, 2026-2030 yillarda eksportga yo‘naltirilgan mahsulot turlarini ishlab chiqarishni takomillashtirish nazarda tutilgan.  

Jun tolasini ip olish jarayoniga tayyorlash uchun unga birlamchi ishlov berish jarayonlari texnologiyasini ishlab chiqish, jun tolasi asosidagi eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulotlarning yangi bozorlarini yaratish muhim ahamiyatga ega.  

Ma’lumki, yurtimizda mehnat resurslari tez o‘sishi sharoitlarida bandlikni ta’minlash muammosi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni talab qiladi. Bu borada mahalliy jun tolasiga birlamchi ishlov berish, yuqori sifatli ip olish, uning asosida mato va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha kichik korxonalar yaratish respublikamiz aholisi, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlash muammosini hal etadi.  

Ustoz ko‘rgan shogird sifatida Bayramgul opa ham o‘z ustida doimiy izlanishda. U hunarmandchilikni puxta o‘rganish bilan birga, kelgusida bu kasbga mehr qo‘ygan ayollarga ustozlik qilishni, ularga milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va amaliy san’atga aylantirish yo‘lida saboq berishni maqsad qilgan.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA