Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘aybulla otaning orzusi ushaldi
17:51 / 2025-06-25

Bugungi kunda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda joylarda fuqarolarga bepul birlamchi ko‘mak berish maqsadida Adliya vazirligi tashabbusi bilan joylarda “Hech bir fuqaro hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi o‘tkazib kelinmoqda.

Mazkur xayriya aksiyasi doirasida Namangan viloyati Kosonsoy tumani adliya bo‘limi tashabbusi bilan Alisher Navoiy mahallasida yashovchi, 1928 yil 14 mayda tug‘ilgan fuqaro G‘aybulla Muborakovning orzusi ushaldi. Salkam bir asrlik umrga yaqinlashayotgan faxriyga fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tumanlararo sudining qarori bilan tug‘ilganlik fakti aniqlandi.  

Kosonsoy tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi tomonidan fuqaroning arizasi vasudning qaroriga ko‘ra, hujjat yozuvi tiklanib, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi taqdim etildi.  

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.