Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gayane Umerova Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi lavozimiga tayinlandi
16:02 / 2023-07-11

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Gayane Umerova Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi lavozimiga tayinlandi

2023 yil 1 iyundagi PQ-177-sonli qarorga muvofiq, u bir vaqtning o‘zida YUNESKO bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasining raisi hisoblanadi.

Tayinlovga qadar Umerova Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining ijrochi direktori va O‘zbekiston Respublikasining YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi Bosh kotibi lavozimlarida ishlagan.

 

O‘zA