Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gayana – Venesuela: hudud uchun bahs avj olmoqda
09:59 / 2023-12-09

O‘tgan yakshanba kuni Venesuelada Gayana tarkibidagi Essekibo hududiga da’voni himoya qilish uchun referendum o‘tkazib, fuqarolarning ko‘pchiligi hududni Venesuelaga qo‘shib olish uchun ovoz berdi. Prezident Nikolas Maduro esa mamlakatda yangi hudud paydo bo‘lganini ta’kidladi. Referendumdan uch kun o‘tib, u Milliy assambleyani bahsli Gayana-Essekibo hududini himoya qilish bo‘yicha qonun qabul qilishga chaqirdi.

Essekibo daryosi g‘arbida joylashgan mazkur hudud Venesuelaning yangi shtatiga aylanishi ta’kidlangan. Maduro ushbu hududdagi aholiga zudlik bilan ijtimoiy yordam ko‘rsatish rejasini faollashtirish, odamlarni ro‘yxatga olish va ularga hujjat berish kerakligini e’lon qildi. Vaqtincha huquqiy chora sifatida “Gayana-Essekiboni integral mudofaa qilish hududi”ni yaratish bo‘yicha prezident farmoni tayyorlanishi aytilgan. Milliy assambleya deputatlari birinchi o‘qishdayoq bahsli hududni himoya qilish bo‘yicha qonunni bir ovozdan ma’qulladi.

Essekibo daryosi sharqiy oqimida 100 yildan buyon Gayana tarkibida bo‘lib turgan mazkur hudud davlat rahbari ta’kidlashicha, endi Venesuelaning Bolivar shtatidagi Tumeremo shahridan boshqariladi.

Venesuela провела референдuм по обострившемuся территориальномu спорu с  Гайаной - Российская газета

Essekibo bo‘yicha bahs Venesuela, Buyuk Britaniya va Gayana o‘rtasida XIX asrdan buyon davom etmoqda. Hudud foydali qazilmalarga, asosan neftga boyligi ma’lum. Gayana hukumati qazilma boylik aniqlangan manzillarni xorijiy kompaniyalarga bera boshlagandan keyin Bolivar Respublikasi hukumati hududni mamlakat tarkibiga qo‘shib olish uchun sa’y-harakatni avj oldirdi.

1966 yil ikki mamlakat mazkur bahsni tinch yo‘l bilan hal qilish yo‘lini topish uchun Jeneva bitimini imzolagan, biroq 2018 yil Gayana BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi. Gayanaliklar mazkur hududda mutlaq nazorat o‘rnatish uchun sudga arbitraj qarori chiqarishini so‘rab murojaat qilgan. Karakas esa bunga qarshi. Ular qo‘shni bilan bahsni vositachilarsiz hal qilish zarurligini ta’kidlamoqda.

Prezident Nikolas Maduro vaziyatni yanada keskinlashtirish maqsadida kuni kecha yana bir yangi qadam tashladi: mamlakatning yangi xaritasini namoyish qildi. Hujjatda bahsli Essekibo hududi Venesuela tarkibiga kiritilgan.

“Biz zudlik bilan maktab, kollej va universitetlarga Venesuelaning yangi, mamlakatning to‘liq xaritasini taqdim etamiz.”, - degan u.

В Венесuэле прошел референдuм о присоединеniи двuх третей соседней страны -  Ведомости

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, yaqinda AQSH davlat kotibi Entoni Blinken bilan Gayana Prezidenti Irfon Ali o‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbatda, shubhasiz, Venesuelaning oxirgi hatti-harakati ham muhokama qilingan. Davlat kotibi  AQSH Venesuela va Gayana o‘rtasidagi bahsni tinch yo‘l bilan hal etish tarafdori ekanini yana bir bor takrorladi, deyiladi Davlat departamenti tarqatgan xabarda.

Binobarin, Blinken AQSH Gayana suverenitetini qo‘llab-quvvatlashini ham ta’kidlagan.

Венесuэ́ла Janubiy Amerika qit’asi shimolida joylashgan, chegarasi Karib dengizi va Atlantika okeaniga tutash. GayanaBraziliya va Kolumbiya bilan chegaradosh. Aholisi 28,8 million kishi.

Гайа́на Janubiy Amerika shimoli-sharqida joylashgan bo‘lib, g‘arbdan Venesuela bilan chegaradosh. Janubiy Amerika qita’sidagi ingliz tilida so‘zlashuvchi yagona mamlakat. Siyosiy muhiti barqaror. Zero, nufusi bir millionga ham bormaydigan ushbu mamlakatda hali biror marta ham davlat to‘ntarishi bo‘lmagan.

S.Rahimov, O‘zA