Ustoz
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligidagi “Ustoz” loyihasining navbatdagi mehmoni O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova farzandlar ta’lim-tarbiyasida ustozning, ota-onalarning o‘rni muhim ekanini ta’kidlaydi.
— Hayotni chuqur anglashga, tushunishga yordam bergan insonlarni ustoz deb bilaman. Afsuski, siz uchun, sizning hayotingiz, kelajagingiz uchun o‘ylanadigan insonni ba’zan anglab yetolmaymiz.
Ota-onalar bugun tarbiyani, bolani ustozga, maktabga tashlab qo‘yishadi. Ammo bola asosiy tarbiyani ota-onadan oladi, ota-onaning qilganini qiladi. Bir inson aytgan ekan: “Bolangni tarbiyalama, barbir o‘zinga o‘xshaydi, faqat o‘zingni tarbiyala”.
Ota-onalar har kuni farzandlari uchun hech bo‘lmaganda 15 daqiqa vaqtini ajratib, ular bilan suhbatlashishi, kitob o‘qib berishi kerak, — deydi Gavhar Zokirova.
<iframe width="990" height="557" src="https://www.youtube.com/embed/iNiUrjOVB6A" title="Gavhar Zokirova: Bolangdan avval oʻzingni tarbiyala!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Komilova, A.Ahmedov (video), O‘zA