Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gavanada mehmonxonada yuz bergan portlash oqibatida qurbonlar soni 22 kishiga yetdi
14:35 / 2022-05-07

Kuba poytaxti Gavanadagi Saratoga mehmonxonasida portlash oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi, ularning orasida bir go‘dak ham bor, 64 kishi kasalxonaga yotqizilgan, deyiladi Kuba Prezidenti ma’muriyati tarqatgan xabarda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, juma kuni ertalab mehmonxonada gaz portlagan. Portlash shu qadar kuchli bo‘lganki, natijada binoning old tomoni beshinchi qavatgacha vayron bo‘lgan, hatto qo‘shni binolarga ham ziyon yetgan.

Hukumat mazkur portlashni baxtsiz hodisa, deb baholamoqda.

Saratoga mehmonxonasi Gavanadagi Kapitaliy qarshisida joylashgan bo‘lib, hali ishga tushmagan edi. Reja bo‘yicha mehmonxonani  10 mayda ochilishi kerak bo‘lgan.
Mamlakat turizm vazirligining ma’lum qilishicha, qurbon bo‘lganlar va jabrlanganlar orasida xorijliklar yo‘q.