Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gattuzo “Milan”ni tark etadi, unga da’vogarlar ham bor
12:36 / 2019-05-28

Sky Sport Italia nashrining xabar berishicha, bugun “Milan” klubi rasman bosh murabbiy Jennaro Gattuzoni iste’foga chiqaradi.


Sky Sport Italia nashrining xabar berishicha, bugun “Milan” klubi rasman bosh murabbiy Jennaro Gattuzoni iste’foga chiqaradi.

Xabarda aytilishicha, bu yangilikni OAVga Gattuzoning shaxsan o‘zi va klub direktori Leonardo ma’lum qiladi. Bunday qarorga esa bosh murabbiyning “Milan” bosh direktori Ivan Gazidis bilan uchrashuvidan keyin kelingan.

Gattuzoning “Milan” klubi bilan shartnomasi 2021 yilning yozigacha imzolangan edi. Bu vaziyatda Jennaro klubdan yaxshigina kompensatsiya puli undirishga haqli, biroq mutaxassis “Milan”ga bo‘lgan muhabbati tufayli shartnomada ko‘rsatilgan tovon pulining 90 foizidan voz kechishini ma’lum qilgan. Mana sizga oliyjanoblik!

O‘z o‘rnida Gattuzo bilan hamkorlik qilish istagini bildirayotgan klublar ham yo‘q emas. Bugun erkin agentga aylanadigan mutaxassis faoliyatini “Fiorentina” klubida davom ettirishi mumkin. 41 yoshli mutaxassis bilan birga “fialkalar” safiga “Milan”ning sobiq sport direktori Massimiliano Mirabelli ham o‘tishi kutilmoqda.

Shuningdek, Gattuzoning keyingi ish joyi Genuyaning “Sampdoriya” klubi ham bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Ayni paytda mazkur jamoani Marko Jampaolo boshqarib kelmoqda, biroq u klubni Yevrokuboklarga olib chiqolmaganligi bois iste’foga chiqarilishi mumkin.