“Gashish" savdosiga chek qo‘yildi
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasining tezkor xodimlari DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi va Toshkent viloyati IIB YHXB xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanuviga qarshi kurashish borasida tezkor tadbir o‘tkazdi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar bermoqda.
Oldindan tezkor kuzatuvga olingan, fuqaro O.Yu boshqaruvidagi “Mersedes” rusumli avtotransport vositasi Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan YPX maskanida to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, ushbu avtotransport vositasining kabina qismining yotoqxonasida avvaldan yashirib qo‘yilgan, yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaro M.A.ga tegishli sellofan paket bo‘lagiga o‘ralgan sof og‘irligi 23,91 gramm “Gashish” giyohvandlik vositasi moddasi va 1 dona elektron tarozi borligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
G‘ulom Primov, O‘zA