Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Garovga qo‘yilgan salkam 2 milliard so‘mlik tikuv fabrikasi kredit qarzi uchun boy berilishi mumkin
16:01 / 2023-03-31

Andijon viloyat sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atining 2022 yil 6 oktyabrdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “M.TEXTILE L." MCHJdan Asakabank foydasiga 181 million 118 ming so‘m kredit qarzdorligini undirish belgilangan.

Majburiy ijro byurosining Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yilgan Qorasuv shahrida joylashgan tikuvchilik fabrikasi bino-inshootlari ro‘yxatga olinib, xatlangan.

Belgilangan ixtiyoriy muddatlarda kredit qarzi to‘lanmagani sababli, qiymati 1 milliard 724 million so‘mni tashkil etuvchi tikuvchilik fabrikasi bino-inshootlari elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi orqali “e-ijro auksion” yagona elektron savdo maydonchasida sotish uchun chiqarilgan.

Agarda qarzdor jamiyat qarzdorlikni bartaraf etmasa, 181 million 118 ming so‘m kredit qarzi uchun salkam 2 milliard so‘mlik mulkidan ayrilishi mumkin.

O‘zA