Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘arbiy Virjiniyadagi suv toshqini besh kishining hayotiga zomin bo‘ldi
16:21 / 2025-06-16

AQSHning G‘arbiy Virjiniya shtatida kuchli yomg‘ir sabab yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi, deb yozmoqda “Anadolu” axborot agentligi.

Shtatning turli hududlarida ro‘y bergan tabiiy ofat yomg‘ir kuchli shamol bilan birga kelishi natijasida sodir bo‘ldi.

G‘arbiy Virjiniya gubernatori Patrik Morrissining aytishicha, hodisada besh kishi halok bo‘lgan, yana uch kishi bedarak yo‘qolgan. U shuningdek, tabiiy ofat natijasida ayrim binolar qulaganini ham tasdiqladi.

Qidiruv-qutqaruv ishlari dronlar, kinologiya bo‘linmalari va favqulodda xizmatlar xodimlari ishtirokida davom etmoqda.

AQSH Milliy ob-havo xizmati suv toshqini xavfi tufayli mamlakat aholisini ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. Ayrim hududlarda favqulodda holat e’lon qilingan.

M.Pirmatova, O‘zA